Umumxalq xayriya hasharida “Yashilloyiha” loyihalash instituti xodimlari ham faol ishtirok etmoqda
Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish o‘zbek xalqiga xos fazilat. Daraxtlar, o‘simliklar bizni nafaqat toza havo bilan ta’minlaydi, balki dasturxonlarimizni totli mevalar bilan boyitadi ham. Shu bois ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab manzarali va mevali ko‘chatlar ekish, «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida o‘tkazilayotgan xayriya hashar jarayonlari qizg‘in kechmoqda.
Ta’kidlash joizki, bu kabi tadbirlarni o‘tkazishda ekologik muhitni yaxshilash bilan bir qatorda odamlarning tabiatga mehrini oshirish kabi ulkan maqsadlar yotibdi. Qolaversa, shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish masalasi O‘zbekistonning issiq iqlimi va shahar qurilishining miqyosi kengayib borayotgan bir paytda ayniqsa, dolzarb hisoblanadi. Yurtimizdagi barcha muassasalarda o‘tkazilayotgan hashar tadbirlari bilan bir qatorda Navro‘z sayillari ham o‘tkazilib, aholiga bayram kayfiyatlari ulashilmoqda.