Umumiy ma'lumotlar

“Yashilloyiha” loyihalash instituti davlat muassasasi tarixi
1937-yil 23-aprel – “Lesproyekt” Butunittifoq birlashmasining O‘zbek o‘rmon tuzish korxonasi O‘rta Osiyo filiali tashkil etilgan.
1991-yil – Ittifoq Davlat o‘rmon komitetining 06.12.1991 yildagi 125-sonli buyrug‘iga asosan “Soyuzgiprolesxoz” instituti O‘rta Osiyo filiali va “Lesproyekt” Butunittifoq birlashmasining O‘zbek o‘rmon tuzish korxonasi reorganizatsiya etilib, “Giproles” O‘zbek Davlat ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan.
2000-yil – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 10.04.2000 yildagi 93-sonli buyrug‘iga asosan “Giproles” O‘zbek Davlat
ilmiy-tadqiqot instituti “O‘rmonloyiha” O‘zbekiston davlat o‘rmon tuzish
ilmiy-tadqiqot korxonasi deb qayta nomlangan.
2001-yil – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.01.2001 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 32-sonli qarori asosida “O‘zbeko‘rmonloyiha” O‘zbekiston Davlat o‘rmon tuzish tadqiqot korxonasi deb qayta nomlangan.
2005-yil – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.08.2005 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi Bosh boshqarmasi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
191-sonli qaroriga asosan “O‘zgiproo‘rmonloyiha” O‘zbekiston davlat o‘rmon barpo etish va loyiha-qidiruv korxonasi deb qayta nomlangan.
2017-yil – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017yil 11-maydagi PQ-2966-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarorining 1-ilovasiga asosan “O‘rmonloyiha” davlat unitar korxonasi deb qayta tashkil etilgan.
2021-yil 21-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
21-yanvardagi “O‘rmon xo‘jaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4960-sonli qarorining
3-bandiga asosan “O‘rmonloyiha” davlat unitar korxonasi negizida “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti tashkil etildi.
2023-yil 31-may – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-may kundagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-171sonli qarorining 2b-ilovasi 4-bandiga asosan “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti davlat muassasasi negizida “Yashilloyiha” loyihalash instituti davlat muassasasi tashkil etildi.скачать dle 12.0

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring