Faoliyat

Respublika miqyosida nafaqat oʻrmon xoʻjaliklarini loyihalari, balki barcha yashil hududlar va loyihalar bilan shugʻullanish, davlat oʻrmon fondi er maydonlarida oʻrmon tuzish, marksheyderlik, erlarni masofadan zondlash, loyiha-kidiruv ishlarini bajarish, oʻrmon taksasiyasini ishlab chiqish, davlat oʻrmon fondini xatlovdan oʻtkazish, oʻrmon xoʻjaliklarining ishlab chiqarish rejalarini loyihalash;
shahar va boshqa aholi yashash punktlari atrofini, avtomobil va temir yoʻllar yoqasini koʻkalamzorlashtirish ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
innovasion texnologiyalar asosida (dronlar, GPS navigatorlar va boshqalar yordamida) davlat oʻrmon xoʻjaliklari er maydonlari chegaralarini, er toifalarini aniqlash va ularning xaritalari, elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
oʻrmonlarning davlat hisobini va monitoringini yuritish, ularning axborot-resurs fondini yaratish;
Orol va Orolboʻyi mintaqasida, shuningdek, respublikaning boshqa hududlarida choʻllanishning oldini olish hamda eroziyaga qarshi kurashish maqsadida oʻrmonzorlar barpo etish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
oʻrmonchilik sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiyalar asosida geoaxborot tizimlarini oʻrmon tuzish, monitoring va loyihalash ishlariga joriy etish;
meliorasiya ob'ektlari atrofida hamda qishlok xoʻjaligi erlarida hosildorlikni oshirishga yoʻnaltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota daraxtzorlarini barpo etish loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish.
17. Institut oʻz vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a)Davlat oʻrmon fondi er maydonlarida oʻrmon tuzish, loyixa-qidiruv ishlarini bajarish, oʻrmon taksasiyasini ishlab chisish, davlat oʻrmon fondini xatlovdan oʻtkazish, oʻrmon xoʻjaliklarining ishlab chiqarish rejalarini loyihalash sohasida:
davlat oʻrmon fondi uchastkalarining chegaralarini belgilash va davlat oʻrmon fondi hududining ichki xoʻjaligini tashkil etish;
topografiya-geodeziya ishlarini bajarish va oʻrmonlarni maxsus xaritaga kiritish hamda ularning elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
davlat oʻrmon fondini inventarizasiyadan oʻtkazish;
oʻrmonlarning etilish yoshini belgilash, oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻlik xolda oʻrmon daraxtlarining kesilishi hisob-kitobini, kesishlarning miqdorlarini hamda oʻrmondan foydalanishning boshqa turlari miqdorlarini aniqlash;
davlat oʻrmon fondi uchastkalarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor hamda texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maksadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash, daraxtlar hamda butalarni kesmagan holda oʻtin va shox- shabbalarni yigʻish hajmlarini aniqlash;
davlat oʻrmon fondi uchastkalarida asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, oʻrmondan oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyojlari uchun, ilmiy-tadqikot, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreasiya hamda estetik maqsadlarda, shuningdek ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish imkoniyatlarini belgilash;
oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, qayta tiklash va koʻpaytirish borasidagi ishlar hajmini, shuningdek boshqa oʻrmon xoʻjaligi ishlari hajmini aniqlash;
oʻrmon tuzish loyihalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish;
oʻrmon tuzish loyihalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlatish.
b)shaxar va boshqa aholi yashash punktlari atrofini, avtomobil va temir yoʻllar yoqasini koʻkalamzorlashtirish ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari hamda yigʻilish bayonlariga asosan shahar va boshqa aholi yashash punktlari atrofini, avtomobil va temir yoʻllar yoqasini koʻkalamzorlashtirish ishlari boʻyicha Buyurtmachi bilan hamkorlikda texnik topshiriqnomalari va nosozlik dalolatnomalarini tayyorlash;
loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish;
kartografik materiallarni tayyorlash;
Buyurtmachi bilan kelishilgan holda Ishchi loyihalarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish;
mualliflik nazoratini olib borish.
v)innovasion texnologiyalar asosida (dronlar, GPS navigatorlar va boshqalar yordamida) davlat oʻrmon xoʻjaliklari er maydonlari chegaralarini, er toifalarini aniqlash va ularning xaritalari, elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish sohasida:
innovasion texnologiyalar (dronlar, GPS navigatorlar va boshqalar) bilan ishlaydigan malakali kadrlarni tayyorlash;
zamonaviy dronlar va GPS navigatorlarni xarid kilish;
innovasion texnologiyalar asosida davlat oʻrmon xoʻjaliklari er maydonlari chegaralarini va er toifalarini aniqlash;
Davlat oʻrmon xoʻjaliklari oʻrmon fondi erlarining elektron xaritalarini yaratish.
g)oʻrmonlarning davlat hisobini va monitoringini yuritish, ularning axborot-resurs fondini yaratish sohasida:
oʻrmon tuzish loyihalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi davlat oʻrmon xoʻjaliklarining oʻrmon fondi erlarining davlat hisobini yuritish xamda xisobning doimiy tarzda yangilanib turishini ta'minlash;
oʻrmon tuzish loyihalari asosida oʻrmonlarning kelib chikishi, tuzilishi, tarkibi, yoshi, maxsuldorligi, daraxtlarning oʻrtacha diametri va balandligi, zichligi, bonitet sinfi, oʻrmon tipi, asosiy tur bilan oʻrmon tiklanishini ta'minlaydigan tabiiy koʻpayishning mavjuddigi, tabiiy xolda urugʻidan yoki ildiz bachkilaridan koʻpaygan va sun'iy ravishda barpo etilgan va madaniy oʻrmonlar, shuningdek siyrak tutashmagan oʻrmonlar va boshqalarning doimiy monitoringini yuritish.
d)Orol va Orolboʻyi mintaqasida, shuningdek, respublikaning boshqa hududlarida choʻllanishning oldini olish hamda eroziyaga qarshi kurashish maksadida oʻrmonzorlar barpo etiil uchun loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish sohasida:
Orol dengizining qurigan tubidagi, shuningdek Orolbuyi mintaqasidagi botqoqligʻi qurigan, oʻrmonlar bilan qoplanmagan va choʻlda oʻsishga moslashgan mahalliy daraxt-butalarni urugʻdan koʻpaytirish imkoniyati mavjud erlarni aniqlash yuzasidan loyiha qidiruv ishlari olib borish;
Orol va Orolboʻyi mintaqasida “yashil qoplamalar” barpo etiladigan joylarning koordinatalarini aniqlash hamda kartografik materiallar tayyorlash;
Orol va Orolboʻyi mintaqasida “yashil qoplamalar” barpo etish yuzasidan toʻplangan materiallar asosida urugʻlarni mexanizasiya, aviasiya vositasida sepiladigan joylar, nihol ekiladigan maydonlarga ajratish;
Orol va Orolboʻyi mintaqasida “yashil qoplamalar” barpo etish boʻyicha loyiha-smeta xujjatlari tayyorlash va davlat ekspertizasidan oʻtkazish;
mualliflik nazorati doirasida mexanizasiya va aviasiya vositasida urugʻ sepilayotgan maydonlarning elektron xaritalari kundalik yangilab borish;
urugʻlarning unib chiqishi ustidan yillik monitoring kuzatuvlari olib borish.
e)oʻrmonchilik sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiyalar asosida geoaxborot tizimlarini oʻrmon tuzish, monitoring va loyihalash ishlariga joriy etish sohasida:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti “Food and Agriculture Organization of United Nations” (FAO) bilan birgalikda “Oʻzbekiston togʻ va vodiy oʻrmonlarini barqaror boshqarish” loyihasi ustida ilmiy izlanishlarni davom ettirish;
oʻrmonchilik sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻrmon fondi erlari elektron xaritalarini “Collect Earth”, “Qgis”, “Ecogination”, “Field map” va boshqa zamonaviy dasturlar asosida masofaviy zondlash ishlarini bajarish;
eng zamonaviy dasturlar asosida oʻrmon tuzish, monitoring va loyihalash ishlarini masofadan turib bajarish.
j)meliorasiya ob'ektlari atrofida hamda qishlos xoʻjaligi erlarida hosildorlikni oshirishga yoʻnaltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ixota daraxtzorlarini barpo etish loyiha-smeta hujjatplarini ishlab chiqish coxasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi “Respublikada oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi” PQ-4850-sonli qarorining
3-ilovasi asosida 2022-2030 yillarda meliorasiya ob'ektlari atrofida hamda kishloq xoʻjaligi erlarida hosildorlikni oshirishga yoʻnaltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota daraxtzorlarini barpo etish yuzasidan Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan viloyatlar va Qorakalpogʻiston Respublikasi Juqorgʻi Kengeshi karorlari, texnik topshiriqnomalari asosida tumanlar kesimida Ishchi gurux bilan birgalikda:
ixota daraxtzorlari barpo etilishi maqsadga muvofiq boʻlgan massivlarni aniqlash;
ishchi gurux (tuman meliorasiya, ekologiya, kishloq va suv xoʻjaligi, kadastr, fermerlar kengashi va boshqalar) dalolatnomalarini toʻplash;
tumanning ixota daraxtzorlari barpo etiladigan konturlari kesimidagi dalolatnomasini shakllantirish;
kartografik materiallarni ishlab chiqish;
smeta-loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ularni davlat ekspertizasidan oʻtkazish;
toʻplangan materiallar asosida Ishchi loyihani ishlab chiqib, Buyurtmachiga taqdim etish.
18. Institut oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, filiallar orqali bajaradi.скачать dle 12.0

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring