O‘zbekistonda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Hashar Respublikada “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sogʻlom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.
Hashar davomida barcha hududlardagi 9000 dan ortiq mahallalarda 16 million tupdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekiladi, mahallalar, ziyoratgohlar, xiyobonlar va qabristonlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
скачать dle 12.0