Smeta xizmati

“Yashilloyiha” loyihalash institutining smeta bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining “Qishloq xo‘jaligi qurilishi uchun ob’ektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish” yuzasidan 15.01.2022 yilda AL-000105 raqamli litsenziyaga ega.
Mazkur litsenziya asosida bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida olib boriladigan “yashil bog‘lar”, “yashil jamoat parklar”, daraxtzor va boshqa qishloq xo‘jaliklari ekinlari ekish ishlarini loyihalashtirib, uni davlat ekspertizasi xulosasi bilan birga taqdim etadi.
Bundan tashqari issiqxonalar, vivariy va oranjereyalar, yirik va mayda shoxli qoramollar fermalari, tovuqxona, baliqxona, asalari boqishga mo‘ljallangan korxonalar va boshqa qishloq xo‘jaligiga oid ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.
Ekoturizm ob’ektlari, engil konstruktsiyali dam olish joylari, oromgohlar va rekreatsiya zonalari ham biz tomonimizdan loyihalashtiriladi.
Alohida shartnomalar asosida qishloq xo‘jaligiga oid investitsiyalarga biznes rejalar ishlab beriladi.
скачать dle 12.0

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring