-davlat o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni xatlov (inventarizatsiya)dan o‘tkazish, o‘rmon tuzish loyiha-qidiruv ishlarini o‘tkazish;
-davlat o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni hisobini va monitoringini amalga oshirishga imkon beradigan o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ularni tizimli ravishda yangilab borish;
-o‘rmon resurslaridan turli usullarda foydalanishning fazoviy joylashuvi va ilmiy asoslangan hajmlarini aniqlash, shuningdek o‘rmonlarni ko‘paytirish, muhofaza qilish va boshqa o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini tashkil etish yuzasidan chora– tadbirlar belgilash;
-o‘rmon fondi erlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan doimiy va vaqtincha foydalanuvchilar tomonidan o‘rmon tuzish tadbirlarini bajarish samaradorligi va sifati bo‘yicha monitoring olib borish.
-davlat o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar uchastkalarining chegaralarini belgilash va davlat o‘rmon fondining o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar foydalanishidagi hududining ichki xo‘jaligini tashkil etish;
-topografiya– geodeziya ishlarini bajarish va o‘rmonlarni maxsus xaritaga kiritish hamda ularning elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
-o‘rmonlarning etilish yoshini belgilash, o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq holda o‘rmon daraxtlarining kesilishi hisob– kitobini, kesishlarning miqdorlarini hamda o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari miqdorlarini aniqlash;
-o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, qayta tiklash va ko‘paytirish borasidagi ishlar hajmini, shuningdek boshqa o‘rmon xo‘jaligi ishlari hajmini aniqlash;
-Taksatsiya o‘rmon elementlari bo‘yicha har bir o‘rmon elementining o‘rtacha yoshi, balandligi, diametri, zichligi, yog‘och zahirasi va mahsuldorlik sinfiga qarab belgilash;
скачать dle 12.0